Murojaatlar vaqti: 9:00 - 17:00 (Dushanba - Shanba)
Toshkent turizm va madaniy meros texnikumi mahalliy va xalqaro hamkorlikka katta ahamiyat beradi. Hamkorlikning asosiy maqsadi — ta’lim sifatini oshirish, talabalar uchun amaliyot va ish imkoniyatlarini kengaytirish, qo‘shma dasturlar va loyihalarni ishlab chiqish hamda xalqaro tajribani o‘quv jarayoniga joriy etishdan iborat.
Texnikum bitiruvchilari suhbat asosida hamkor oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni 2-kursdan davom ettirish imkoniyatiga ega. Bu tizim talabalarga vaqtni tejash, xalqaro ta’lim muhitiga moslashish va kasbiy rivojlanishni tezlashtirish imkonini beradi.
Texnikum Toshkent shahridagi mehmonxonalar, restoranlar, turizm firmalari va servis markazlari bilan faol hamkorlik qilib keladi. Talabalar ushbu korxonalarda amaliyot o‘tash, real ish tajribasiga ega bo‘lish va kelajakda ish bilan ta’minlanish imkoniyatiga ega.