Murojaatlar vaqti: 9:00 - 17:00 (Dushanba - Shanba)
– Fan doktori, Ph.D., Xokkaydo Universiteti, Yaponiya.
Ganixodjaev Saidazim Amanullaevich — Toshkent turizm va madaniy meros texnikumi direktori, fan doktori (PhD), Yaponiya Xokkaydo Universiteti bitiruvchisi. Ta’limda innovatsiyalar, xalqaro aloqalarni kengaytirish va zamonaviy kadrlar tayyorlash bo‘yicha katta tajribaga ega.
Direktor rahbarligida texnikum o‘quv dasturlarini modernizatsiya qildi, dual ta’limni joriy etdi, xalqaro hamkorlikni kengaytirdi va 2024-yilda texnikumning yangi maqomga ega bo‘lishi jarayonida faol ishtirok etdi. 46 yil davomida 4228 nafar mutaxassis tayyorlandi.
Maqsadim — texnikumni mintaqadagi eng ilg‘or amaliy ta’lim markaziga aylantirish, yoshlarni turizm, servis va iqtisodiyot sohalarida raqobatbardosh mutaxassis sifatida tarbiyalash, xalqaro standartlarga mos o‘qitish va O‘zbekistonning turizm salohiyatiga hissa qo‘shish.