Murojaatlar vaqti: 9:00 - 17:00 (Dushanba - Shanba)
Xalqaro hamkorlik doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Hindistonda malaka oshirmoqda. Toshkent turizm va madaniy meros texnikumi “Turizm" yo'nalishi maxsus fan o'qituvchisi Ismoilova Kamola Xabibullayevna hamda O‘zbekiston delegatsiyasi Hindistonning Dehli shahrida o‘tkazilayotgan 10 kunlik xalqaro o‘quv dasturida ishtirok etmoqda. Mazkur dastur Dehli universitetining Continuing Education and Extension bo‘limi tomonidan “Advancing Professional Competence in Tourism and Hospitality” nomi ostida tashkil etilgan. 📚 Dastur davomida ishtirokchilar: 🔹 jahon turizmidagi zamonaviy tendensiyalar; 🔹 madaniy meros ob'yektlarini boshqarish; 🔹 raqamli marketing va turizm brendingi; 🔹 mehmondo‘stlik boshqaruvi va mijozlar bilan ishlash madaniyati bo‘yicha bilimlarini oshirmoqdalar. Shuningdek, Dehli va Agra shaharlaridagi yodgorliklar — Qizil qal’a, Toj Mahal, Jama Masjid — bilan tanishish, Hindiston turizm sohasi vakillari bilan tajriba almashish imkoniyati yaratilgan. Dastur davomida Ismoilova Kamola Hindistonning turizm tizimi, madaniy meros ob'yektlarini asrash va ularni turizmga jalb qilish borasidagi ilg'or tajribalar bilan yaqindan tanishdi.