Murojaatlar vaqti: 9:00 - 17:00 (Dushanba - Shanba)
“Kelajak soati” — ma’rifat va vatanparvarlik ruhi bilan boshlandi Toshkent turizm va madaniy meros texnikumida yoshlar ongida vatanparvarlik, ma’rifat, mas’uliyat va tashabbuskorlikni oshirishga qaratilgan “Kelajak soati” loyihasi o‘tkazildi. Dars jarayonida talabalarga: 📚 ma’naviy-axloqiy tarbiya, 🇺🇿 Vatanga sadoqat, 😀 intellektual salohiyatni oshirish, ✨ kelajak kasbiy yo‘nalishini to‘g‘ri belgilash kabi masalalar yuzasidan foydali ma’lumotlar berildi. 🌟 “Kelajak soati” — yoshlarni ezgulikka, bilimga va Vatanga xizmat qilishga chorlaydigan ma’rifat maktabidir.