Murojaatlar vaqti: 9:00 - 17:00 (Dushanba - Shanba)
📆 Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida mehmondo‘stlik va restoran biznesi sohasiga bag‘ishlangan “HoReCa Expo Uzbekistan 2025” xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasida Toshkent turizm va madaniy meros texnikumi direktori S.A.Ganixodjayev hamda texnikum o‘qituvchilari va o‘quvchilari faol ishtirok etdilar. HoReCa Expo Uzbekistan 2025” tajriba almashish, ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish, yangi yechimlarni taqdim etish va muvaffaqiyatli amaliyotlarni o‘rganish uchun noyob imkoniyat yaratadi. Ishtirokchilar restoran va mehmonxona jihozlari, avtomatlashtirish texnologiyalari, dizayn sohasidagi eng so‘nggi ishlanmalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, gastronomik turizmni rivojlantirish istiqbollari va o‘zbek oshxonasining eksport salohiyatini muhokama qilish imkoniyati ham yaratiladi. Tadbir davomida texnikum direktori S.A.Ganixodjayev va MDIS Singapur xalqaro universiteti bilan hamkorlik MEMORANDUMI imzolandi va Singapur xalqaro universiteti bilan “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” hamda "Turizm" yoʻnalishlarida 2+2 shaklida qo‘shma ta’lim dasturi tuzildi, yangi o‘quv yilidan joriy qilish rejalashtirildi.