Murojaatlar vaqti: 9:00 - 17:00 (Dushanba - Shanba)
π Xalqaro oshpazlar kuni munosabati bilan "Kasbim bilan faxrlanaman" kasb bayrami doirasida "Oshpaz" dasturi bo'yicha guruhlar tanlovi o'tkazildi. Tanlovda talabalar darsda olgan bilim va ko'nikmalarini namoyish etdilar. Tanlov davomida talabalar milliy shirinliklar, milliy salatlar va o'zbek an'anaviy palovini tayyorlab, hakamlar hay'atiga taqdim etdilar. Tanlovda O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiya vazirligi qoshidagi Kasbiy ta'limni rivojlantirish instituti bosh mutaxassisi H. Ustaboboyeva ishtirok etdi. Talabalarning taomlari hakamlar hay'ati tomonidan adolatli baholandi. Tadbirdan so'ng O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiya vazirligi qoshidagi Kasbiy ta'limni rivojlantirish instituti bosh mutaxassisi H. Ustaboboyeva ishtirokchilarni tabrikladi va g'oliblarga texnik maktab rahbariyatining esdalik sovg'alari va minnatdorchilik yorliqlari topshirildi.